Germaniya elchisi Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Germaniyaning mamlakatdagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Tilo Klinnerni qabul qildi.
“Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Tilo Klinner janoblari bilan uchrashdik. Janob elchining ushbu lavozimdagi faoliyati davomida Oʻzbekiston-Germaniya hamkorlik aloqalarini boyitish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholaymiz va unga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining Telegram-kanalida.
Tilo Klinner 2021-yildan buyon Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilib kelayotgan edi. U 2018-yildan 2021-yilgacha Qozogʻistondagi elchi sifatida ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring