“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi ishtirokchilari faoliyati oʻrganildi

10:03 16 Yanvar 2026 Siyosat
343 0

“Gender tenglik faoli” milliy koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan tanlov ishtirokchilarining faoliyati joyiga chiqib oʻrganildi. Mazkur oʻrganishlar tanlovning respublika bosqichiga taqdim etilgan materiallarning haqqoniyligi va amaliy natijadorligini baholash, shuningdek, tashkilotlarda gender tenglikni taʼminlash boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan tizimli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida amalga oshirildi.

Tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun 7 ta nominatsiya boʻyicha vazirlik, idora va tashkilotlardan 100 dan ortiq hujjatlar kelib tushgan boʻlib, oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqildi.

Komissiya aʼzolari tanlov asosida qator tashkilotlarga tashrif buyurib, gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish, shuningdek, xotin-qizlar va erkaklar uchun davlat hamda jamiyat hayotining turli sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlar taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar holati oʻrganildi.

Uchrashuvlar davomida ushbu tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan individual suhbatlar oʻtkazilib, ularning malakasini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, ularga ijtimoiy va tibbiy koʻmak koʻrsatish uchun tashkil etilgan maxsus xonalar holati hamda chet davlatlarda amaliyot oʻtash va xorijiy tajribalarni oʻrganish boʻyicha tashabbuslar batafsil koʻrib chiqildi.

Komissiya aʼzolari tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalari tanlovning yakuniy baholash bosqichida inobatga olinib, gender tenglikni taʼminlash boʻyicha samarali tajribalarni ommalashtirish hamda ilgʻor amaliyotlarni qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?