Gʻazoda yana oʻt ochildi
HAMAS va uning harbiy qanoti Al-Qassam Brigadalari yakshanba kuni ertalab oʻt ochishni toʻxtatishga sodiq qolishlarini va Isroil kuchlariga hujumda ishtirok etishlarini rad etdi.
Gʻazodagi tinchlik rejasidan xabardor manbalarga koʻra, kelishuvning asosiy arxitektorlari Stiv Uitkoff va Jared Kushner mintaqaga kelishi kerak, chunki Tramp maʼmuriyati kelishuvning keyingi bosqichini amalga oshirishga harakat qilmoqda.
Vitse-prezident JD. Vens ham shu hafta Isroilga AQSH delegatsiyasiga rahbarlik qilishi kutilmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.
“Maʼmuriyat tinchlik kelishuvini amalga oshirishga eʼtibor qaratmoqda va biz buning uchun hamkorlarimiz bilan astoydil ishlayapmiz. Davom etayotgan shaxsiy diplomatik suhbatlar haqida batafsil maʼlumot bermaymiz”, — dedi AQSH rasmiysi CNN telekanaliga.
Yakshanba kuni ertalab Isroil HAMAS ikki isroillik askarni oʻlimiga sabab boʻlgan hujumda ayblab, Gʻazo boʻylab bir qator zarbalar berdi.
Gʻazo shifoxonalaridan olingan maʼlumotlarga koʻra, ushbu toʻqnashuvda 44 kishi halok boʻlgan. Shundan soʻng HAMAS ham Isroil tomoni ham bir-birini sulhni buzganlikda aybladi.
Yordam yetkazib berish davom etmoqda
Isroilning yuqori martabali rasmiysining CNNga aytishicha, Gʻazoga gumanitar yordam toʻxtatilganidan keyin, yetkazib berish dushanba kuni qayta tiklanishi aytilgan. Bu sulhning davom etishidan dalolat berilishi taʼkidlangan, ammo Rafah oʻtish joyi yopiq qoladi, deydi rasmiy. Chunki Isroil qolgan garovdagi jasadlarni qaytarishni kutmoqda.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu oʻz koalitsiyasini qoʻllab-quvvatlayotgan oʻta oʻng partiyalarning har qanday qonunbuzarliklariga javob berish uchun bosimga duch kelmoqda. Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir yordamning qayta tiklanishini “uyatli orqaga chekinish” deb taʼrifladi .
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring