Gastronomik turizm yanada rivojlanadi

16:20 22 Sentyabr 2025 Jamiyat
134 0

Xiva shahridagi “Arda Xiva” sayyohlik markazi ikki kun davomida yana bir nufuzli tadbir — “Xorazm xonlari milliy taomlari” xalqaro gastronomik festivaliga mezbonlik qildi.

Ushbu festival mamlakatimiz Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq Xorazm viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish chora-tadbirlari doirasida tashkil etildi. Festivalning maqsadi Xorazm milliy taomlarini xalqaro miqyosda keng targʻib etish orqali gastronomik turizmni jadal rivojlantirishdir.

— Koʻhna Xorazm nafaqat oʻzining tarixiy obidalari, betakror taʼmga ega milliy taomlari bilan ham sayyohlar eʼtiborini tortib keladi, — deydi festival ishtirokchisi Sardor Qurbonov. — Ayniqsa, xorazmliklarning tuxum barak, ushoq barak, shivit oshi kabi taomlarini bir bor tanovul qilgan kishi uning mazasini bir umr esida saqlab qoladi. Qadimiy Xivada oʻtkazilgan “Xorazm xonlari milliy taomlari” xalqaro gastronomik festivali bu qadim vohaning bu boradagi imkoniyatlarini yana bir bor dunyoga namoyish etdi. Festival davomida turli davlatlardan kelgan mohir oshpazlar tomonidan 50 dan ortiq turdagi milliy taomlar tayyorlandi va eng faol ishtirokchilar munosib ragʻbatlantirildi.

Odilbek ODAMBOYEV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер