Gʻarb Zelenskiyni almashtirmoqchi. Vashingtonga endi u kerak emas

13:51 23 Iyul 2025 Dunyo
164 0

Foto: Reuters

AQSHlik tahlilchi Skott Ritter oʻzining YouTube kanalida Vashingtonga endi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kerak emasligini aytdi.

“Oʻylaymanki, ular Zelenskiyni olib tashlamoqchi. Uni olib tashlash va oʻrniga koʻproq mos keladigan odamni qoʻyish kerak... Hozir esa Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar olib borishga tayyor”, — dedi Ritter.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Zelenskiyning ketishi muqarrar, yagona savol uning oʻrniga kim va qachon kelishidir.

Avvalroq, Fransiya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa ishlari boʻyicha vazir delegati Benjamin Xaddod Fransiya Yevropa komissiyasining Ukrainada qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosi va Korrupsiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan prokuraturasi vakolatlarini cheklovchi qonun yuzasidan xavotirlariga sherik ekanini maʼlum qilgandi.

Xaddodning taʼkidlashicha, mamlakat Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlishga nomzod boʻlsa, korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini taʼminlash, milliy va boshqa ozchiliklarni hurmat qilish, siyosiy muxolifat va sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlash talab etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер