FT: Buyuk Britaniya Ukrainaga Rossiya hududiga zarba berishda yordam bermoqda
Financial Timesning yozishicha, Buyuk Britaniya Ukraina qurolli kuchlariga Rossiya hududining chuqur qismida zarba berishda qoʻllab-quvvatlamoqda.
Nashrning maʼlumotlariga koʻra, AQSH NATO boʻyicha oʻz ittifoqchilariga bosim oʻtkazib, Kiyevga razvedka maʼlumotlari yoʻnalishida yordamni kengaytirishga undamoqda.
Avvalroq The Wall Street Journal xabar qilganidek, AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Ukrainaga Rossiya hududidagi energetika infratuzilmalariga zarba berish uchun razvedka maʼlumotlari taqdim etishga rozilik bergan edi.
Ushbu qadam Tramp maʼmuriyatining Ukrainaga uzoq masofaga uchuvchi qurol-yarogʻ taqdim etish imkoniyatini koʻrib chiqayotgan bir paytda amalga oshirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring