Galaosiyolik o‘quvchilar endi tushdan so‘ng maktabga bormaydi

14:01 22 Oktyabr 2021 Jamiyat
654 0

Foto: Istam Ibrohimov / “Xalq soʻzi”

Buxoro tumani “Galaosiyo” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 2- umumta’lim maktabida darslar ikki smenada tashkil etilgani pedagogik jamoaga ham, ota-onalar va o‘quvchilarga ham noqulaylik tug‘dirib kelayotgandi. Sababi 540 o‘ringa mo‘ljallangan maktabda 1 ming 117 nafar o‘quvchi saboq olishi, tabiiyki, sinfxonalar yetishmasligi bilan bog‘liq edi.
Kuni kecha bilim maskani  uchun 660 o‘rinli yangi qo‘shimcha o‘quv binosi qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada o‘quvchilarning sifatli bilim olishlari uchun imkoniyat ortdi. Endi galaosiyolik bolalarning  tushdan so‘ng maktabga borishi o‘tmishga aylandi.
Yangi o‘quv binosi uchun Investitsiya dasturi doirasida 6 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер