Futbol munosabati bilan Toshkentdagi ayrim koʻchalarda harakat toʻliq cheklanadi

20:53 08 Iyun 2025 Jamiyat
165 0

Oʻzbekiston va Qatar oʻyini sabab “Bunyodkor” stadioni atrofidagi koʻchalarda harakat cheklanadi. Bu haqida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 10-iyun kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Qatar terma jamoalari oʻrtasida futbol boʻyicha Jahon chempionati saralash bosqichi oʻtkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanidagi ayrim koʻchalarda soat 16.00 dan tadbir toʻliq tugagunga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida avtotransport vositalari harakati toʻliq cheklanadi.

Vaqtinchalik harakati toʻliq cheklanadigan koʻchalar quyidagilardir:

  • Chilonzor va Choʻponota koʻchalari chorrahasidan, Choʻponota koʻchasi boʻylab, Choʻponota — Qatortol koʻchalari kesishgan chorrahasigacha boʻlgan qismi;
  • Chilonzor va KXAY koʻchalari chorrahasidan, Chilonzor koʻchasi boʻylab, Chilonzor — Muqimiy koʻchalari kesishgan chorrahasigacha boʻlgan qismi;
  • Bunyodkor ikkinchi darajali koʻchasi: KXAYdan — Muqimiy koʻchasigacha boʻlgan qismi.

Shuningdek, tadbir davrida quyida keltirilgan koʻchalarda harakat vaqti-vaqti bilan qisman cheklanadi:

  • Alisher Navoiy-Furqat koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Sebzor-Ganga koʻprigidan Furqat koʻchasi tunelga tushishdan cheklanadi;
  • Zarqaynar koʻchasi tunelga tushish cheklanadi;
  • Bunyodkor koʻchasi Kamolon koʻprik ostidan cheklanadi;
  • Bunyodkor koʻchasi 2-darajali asosiy yoʻlga chiqish Ozarboyjon elchixonasi asosiy yoʻlga chiqishdan cheklanadi;
  • Qatortol-Choʻponota koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Chilonzor-Choʻponota koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Bunyodkor-KXAY koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Bunyodkor 2-darajali yoʻli-Qatortol koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Chilonzor-Choʻponota koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Bunyodkor-Gavhar koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;
  • TXAY-Bunyodkor koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Erkin YPX maskanidan ogʻir yuk mashinalari cheklanadi;
  • Choʻpon ota-Shota Rustavelli koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;

“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va aylanma va yondosh koʻchalardan harakatlanishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi boshqarma xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер