Fuqarolarni Angliya va Germaniyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan “uddaburonlar” qoʻlga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻshrabot tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “A.” MCHJ rahbari fuqaro M.J. 8 nafar fuqaroni aldab, ularni Angliya davlatiga ishga yuborishini aytib, jami 12 ming AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, oʻz ehtiyoji uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Andijon viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, fuqaro J.A. fuqaro X.A.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Germaniya davlatiga ishga yuborishi evaziga 1 ming 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring