Fuqarolarga past foizda mashina olib berishni vaʼda qilib, 50 mlrd soʻmdan ortiq zarar yetkazgan shaxslar ushlandi

Fuqarolarga past foizda mashina sotib olishda yordam berishni aytib, umumiy 50,1 milliard soʻm zarar yetkazgan 9 nafar shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, bir guruh fuqarolar past foizda (6-12%) avtomashina sotib olish niyatidagi fuqarolarga istalgan turdagi avtomashinani yetkazishi toʻgʻrisida ijtimoiy tarmoqlardagi targʻibot orqali Toshkent shahri va respublikaning turli nuqtalarida mijozlar bilan dastlab boʻnak (avans) shartnomalarini tuzgan holda, 120 kun mobaynida avtomashina yetkazilishini vaʼda qilib, shartnoma shartlarini bajarmasdan, fuqarolardan kelib tushgan mablagʻlarni oʻzlashtirish bilan shugʻullanib kelganlar.
Ular “Umid avto companies”, “Umid Savdo Fayz Invest”, “Umid Avto Lizing”, “Umid Auto”, “Group Of Companies Ual”, “Umid Avto-Tashkent”, “Orient Auto”, “Umid Lizing Tashkent”, “Orient Avto-Lizing”, “Umid Auto Leasing”, “Group Of Orient Auto”, “Imkon Auto Xizmati”, “Umid Avto Companies”, “Busines Orientauto”, “Umid Auto Xizmati”, “Orient Auto Hamkor”, “Imkon Avto Markaz”, “Avtovariant”, “Ava Orientauto”, “Ava Umidavto”, “Avto Ijara Hizmati”, “Umid Auto Business Toshkent”, “Orient Auto Leasing”, “Orient Auto Toshkent”, “Ilgor Lizing” va “Orient Finans Lizing” kabi MCHJlarni tashkil etib, ushbu faoliyat bilan shugʻullanishgan.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida 843 nafar fuqarolar jabrlanuvchi deb topilgan boʻlib, umumiy 50,1 mlrd. soʻm zarar aniqlangan. Jamiyatlarga tegishli 339 dona transport vositalari xatlangan. Ishga aloqador 9 nafar shaxsga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hozirda, Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari polkovnik Ramazon Ashropov boshchiligida tegishli mutaxassislar jalb etilgan holda Maxsus tezkor shtab tuzilgan boʻlib, IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti binosida har kuni soat 09:00dan 21:00ga qadar ish olib bormoqda.
“Suratdagi shaxslarning jinoiy faoliyatidan xabardor boʻlgan, shuningdek yuqoridagi MCHJlarning noqonuniy faoliyatidan jabrlangan fuqarolardan Tezkor shtabga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring