Fransiyada 2023/24-yilgi mavsum chempioni maʼlum boʻldi

Foto: Reuters
PSJ 2023/24-yilgi mavsumda muddatidan oldin Fransiya chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi.
Turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda borayotgan «Monako» 31-turda «Lion»ga 2:3 hisobida magʻlub boʻldi va ligadagi barcha klublar 70 ochko jamgʻargan PSJga yetib olish uchun imkoniyatidan mahrum boʻlishdi.
Hozir «Monako» hisobida 58 ochko bor va chempionatda jamoa ikkinchi oʻrinda bormoqda. Kumush medallari uchun «Brest» (56), «Lill» (55) va «Nissa» (51) ham kurash olib bormoqda.
Luis Enrike bosh murabbiyligidagi PSJ ketma-ket uchinchi marta mamlakat chempionligini qoʻlga kiritmoqda. Umumiy hisobda PSJ milliy chempionatda 12 bor oltin medalga sazovor boʻlgan.
PSJ bu mavsumda Chempionlar ligasida ham kurashni davom ettirmoqda. Chorak finalda parijliklar «Barselona»ni ikki oʻyin natijasiga koʻra 6:4 hisobida magʻlub etdi va yarim finalda «Borussiya Dortmund»ga qarshi bahs olib boradigan boʻldi. Bu jamoalar oʻrtasidagi birinchi oʻyin 1-may, javob uchrashuvi 7-may kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring