Fransiya Polshaga qiruvchi samolyotlar yubordi, Germaniya NATOning Sharqiy qanotda ishtirokini kuchaytiradi
Germaniya federal hukumati Polsha havo hududini buzish bilan bogʻliq hodisalarga javoban NATOning Sharqiy qanotida harbiy ishtirokini kengaytirishini maʼlum qildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining rasmiy saytida xabar berildi.
Berlin Boltiqboʻyi mamlakatlari va Polsha hududidagi mavjud majburiyatlarini bajarish orqali Polshaning havo mudofaasini kuchaytirishini maʼlum qildi. Shuningdek, Germaniya Ukrainani qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga tayyorligini bildirib, Yevropa Ittifoqi doirasida Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini tezroq qabul qilish zarurligini taʼkidladi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa X ijtimoiy tarmogʻida Polsha havo hududi va NATOning Sharqiy qanotini himoya qilish uchun uchta “Rafale” qiruvchi samolyoti yuborilishini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, bu masala Polsha bosh vaziri, NATO bosh kotibi va Buyuk Britaniya bosh vaziri bilan muhokama qilingan.
— Yevropa qitʼasining xavfsizligi mutlaq ustuvor vazifa, — deya taʼkidladi Makron.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring