Fransiya aviakompaniyasi Navoiyga parvozlarni amalga oshirishni boshladi
Fransiyaning CMA CGM Air Cargo transport-logistika aviakompaniyasi 5-avgust kuni Chjenchjou—Navoiy—Parij yoʻnalishi boʻyicha ilk parvozini amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, samolyot mahalliy vaqt bilan soat 06:27 da Navoiyga qoʻngan. Anʼanaga koʻra, yuk tashuvchi samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olingan.
Chjenchjoudan Parijga muntazam reyslar Navoiyda texnik toʻxtash bilan haftasiga besh marta Airbus A350 yuk tashuvchi samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
CMA CGM Air Cargo shtab-kvartirasi Parijda joylashgan yirik fransuz yuk aviakompaniyasi, 2021-yilda CMA CGM transport guruhining aviatsiya shoʻbasi sifatida yaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring