Firibgarlar uy xarid qilmoqchi boʻlgan fuqarolarni chuv tushirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir qancha fuqarolar koʻp qavatli uy quruvchilari tomonidan firibgarlikka uchragani va bundan noroziligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, fuqaro T.N. va boshqalar 2021-yilning 11-avgust kuni “Strong cities” MCHJni tashkil etib, tegishli meʼyoriy hujjatlarni rasmiylashtirmasdan va hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtmasdan, bir nechta fuqarolarning ishonchiga kirib, Olmazor tumani Usta Olim koʻchasidagi yer maydonida koʻp qavatli uyni qurishni va ushbu uydagi xonadonlarni sotishni vaʼda qilgan.
Shundan soʻng, qonunchilikda belgilangan talablarga zid ravishda xizmat koʻrsatuvchi bankda alohida hisob-varaq ochmasdan, 2023-2024-yillar davomida shartnomalar tuzib, fuqarolarning juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (“Firibgarlik, juda koʻp miqdorda sodir etilishi”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov jarayonida fuqaro T.N.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, agar siz ham ushbu tashkilotdan jabr koʻrgan boʻlsangiz, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasining 71-206-42-39 raqamiga yoki 102 raqami orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring