Firibgar chet tilini bilish haqidagi “CEFR B1” sertifikatini olib berish uchun 2500 dollar soʻradi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent shahrida “CEFR B1” sertifikatini olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlanadi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda aniqlangan.
Qayd etilishicha, fuqaro S.Sh. fuqarolar F.N. va N.A.ga tanishlari yordamida chet tilini bilish haqidagi “CEFR B1” sertifikatlarini olib berishini vaʼda qiladi. Bu uchun esa F.N. va N.A.dan 2500 AQSH dollari soʻragan.
Firibgar S.Sh. 1 500 AQSH dollari va 12,6 million soʻm pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 221-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring