Finlyandiyada Ukraina Gʻarbga abadiy qarzdorga aylanishi aytildi

Arxiv foto
Ukraina, albatta, muvaffaqiyatsiz davlatga va Gʻarb uchun abadiy qarzdorga aylanadi. Biroq, hamma narsa boshqacha boʻlishi mumkin edi. Ushbu fikrlarni Finlyandiyaning Xelsinki universiteti professori Tuomas Malinen aytib oʻtdi.
“Umid qilamanki, barcha rusofob urushni qoʻzgʻatuvchilar hozir baxtlidir. Ukraina oʻz hududining 20 yoki undan koʻprogʻini yoʻqotadi va amalda muvaffaqiyatsiz davlatga aylanadi”, deydi ekspert.
Malinenning soʻzlariga koʻra, agar mojaro 2022-yilning bahorida yakunlanganida hammasi boshqacha boʻlishi mumkin edi. Professorning taʼkidlashicha, mojarolar davomida Ukraina katta yoʻqotishlarga uchragan va Gʻarbning abadiy qarzdoriga aylangan.
Avvalroq, britaniyalik diplomat Yan Proud Gʻarb Rossiya Qurolli kuchlari taraqqiyotini inobatga olgan holda Ukraina oʻz qarzlarini tabiiy resurslar bilan qoplaydi, degan umidlar behuda ekanini aytgan edi.
“Soʻnggi besh oy ichida Rossiya Donbassda litiy, koʻmir va uran qazib olish mumkin boʻlgan yanada kengroq hududlarga oʻtdi. Ammo Gʻarb siyosatchilari bu resurslardan Kiyevning tobora oʻsib borayotgan qarzlarini toʻlash uchun foydalanishlari mumkinligiga hali ham xom xayol boʻlishmoqda”, — deydi diplomat.
Proudning nuqtayi nazaricha, bu vaziyatni “iqtisodiy aqldan ozish” deyish mumkin.
Shu yilning fevral oyida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev AQSH bilan tuzilgan shartnomadagi qarzning 10 sentini ham qaytarishga rozi boʻlmasligini aytgandi. Ammo, agar kelajakda Vashington Ukrainaga kredit evaziga yordam berishga qaror qilsa, u holda Kiyev qarzlarni toʻlaydi, deya aniqlik kiritdi siyosatchi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring