Fevral oyi pensiyasi qachon toʻlanadi?

12:30 02 Fevral 2026 Jamiyat
461 0

Pensiya jamgʻarmasi fuqarolarning “pensiyam plastik kartamga qachon tushadi yoki naqd shaklda qachon olaman?” kabi savollariga javob berdi.

Unda aytilishicha, Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har toʻlov oyining 2-kuniga qadar toʻlov topshiriqnoma (vedomost)lar shakllantiradi va vedomostlar oyning 4-kuniga qadar pensiyani fuqarolarga yetkazib berish yuklangan tashkilotga taqdim etiladi.

Shuningdek, Xalq banki tomonidan naqd shaklda pensiya oluvchilarning mablagʻlari tasdiqlangan grafiklar asosida sayyor kassalar tomonidan har oyning 4-27 sanalarida mahalla fuqarolar yigʻiniga borgan holda toʻlab beriladi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli Qarori bilan, pensiya toʻlovlari uchun talab etiladigan mablagʻlarni Pensiya jamgʻarmasi har oyning 5-sanasiga qadar pensiya oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlariga (plastik kartalarga) moliyalashtirilishi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Pensiya jamgʻarmasi tomonidan bank plastik kartada pensiya oluvchi fuqarolarga pensiya mablagʻlari 5-fevralgacha, naqd pul shaklida oluvchi fuqarolarga esa 4-27-fevral sanasiga qadar toʻlab berilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер