“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Illyustrativ foto
Italiyaning mashhur avtomobil kompaniyalaridan boʻlgan “Ferrari” oʻz tarixida ilk bora elektromobil ishlab chiqarmoqchi. Mashinaning taqdim etilishi shu yilning 9-oktyabriga rejalashtirilgan. Bu haqda “Reuters” xabar qildi.
Yangi model toʻliq kompaniya tomonidan mustaqil tarzda yigʻilib, barcha asosiy elektr uskunalari “Ferrari” tomonidan yasaladi. Elektr komponentlari ishlab chiqarish va yigʻish uchun yangi sex ham qurilmoqda.
“Ferrari” yangi elektromobil uchun uch xil elektr uzatmalar tizimini taqdim etadi. Aniq texnik tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan, ammo model brendga xos va zamonaviy koʻrinishda boʻlishi kutilmoqda.
“Ferrari”ning azaliy raqobatchisi boʻlgan “Lamborghini” esa elektromobil ishlab chiqarishga shoshilmayapti. Kompaniya ilk elektromobilini 2029-yilgacha taqdim etmasligini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring