Fermer xorijga naʼmatak eksport qilmoqda
Buxoro tumani “Shuhrat” fermer xoʻjaligidagi naʼmatak plantatsiyasida yetishtirilgan hosilning bir qismi xorijga eksport qilinmoqda. Oʻtgan yilda xoʻjalik 100 ming AQSH dollari miqdoridagi dorivor naʼmatakni chet ellik buyurtmachilarga yetkazdi.
— Buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino yozib qoldirganidek, naʼmatak inson salomatligi uchun juda foydali, — deydi fermer Gʻolib Rahmatov. — Uning tarkibi vitaminga, darmondorilarga boy. Immunitetni mustahkamlaydi. Qon bosimini meʼyorga keltiradi. Shamollash yoʻliga gʻov boʻladi. Bu oʻsimlik azal-azaldan xalq tabobatida qoʻllanilib kelgan. Zamonaviy tibbiyotda ham kasalliklarni davolashda naʼmatakdan keng foydalaniladi.
Darhaqiqat, shifokorlar uni bemorlarga tez-tez tavsiya etishadi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, naʼmatakning guli, mevasi, urugʻi, bargi va hatto ildizi ham darmondori vazifasini oʻtaydi.
Fermer oʻz tajribasidan kelib chiqib, bir gektar maydondagi naʼmatak plantatsiyasidan oʻrtacha 8-9 tonna hosil olish mumkin, deb hisoblamoqda. Tabiiyki, koʻp narsa oʻsimlikni risoladagidek parvarish qilishga bogʻliq. Ishga oqilona yondashuv ortidan bu yerda hosildorlik yil sayin oshib boryapti. Fermer xoʻjaligi joriy yilda xorijga 200 ming AQSH dollari miqdorida naʼmatak sotish niyatida.
Istam IBROHIMOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring