“Fatzorb”, “B-Fit”, «Goryachiy peres» kabi ozdiruvchi dori vositalari respublikamizda roʻyxatdan oʻtkazilmagan

13:25 27 Yanvar 2023 Jamiyat
1077 0

Foto: Illustrativ foto

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda turli ozdiruvchi yoki semirtiradigan, shuningdek, proteinli biologik faol qoʻshimchalar savdosi borgan sari avj olayotgani barchaga ayon.

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarkibida inson organizmi uchun zararli boʻlgan turli mahsulotlar haqida xabarlar tarqalmoqda.

Oʻz oʻrnida aholi orasida “Gʻatzorb”, B-Fit, Goryachiy peres kabi ozdiruvchi dori vositalari SES laboratoriyalarida tekshirilganmi? Ularning xulosasi qanday boʻlgan? Ushbu dori vositalarining zarari bormi kabi savollar yuzaga kelmoqda.

Xoʻsh, biologik faol qoʻshimchalar oʻzi nima?

Biologik faol qoʻshimchalar – inson organizmidagi fiziologik buzilishlarni oldini olish hamda sogʻlom balansni tiklash maqsadida ratsionini maqbul darajaga yetkazish yoki organizmni zarur boʻlgan foydali moddalar bilan toʻldirish uchun moʻljallangan, tarkibida kelib chiqishi tabiiy yoki tabiiyga oʻxshash sunʼiy biologik faol moddalar (ularning konsentratlari) va (yoki) probiotik komponentlar hamda probiotik mikroorganizmlar mavjud oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi.

Biologik faol qoʻshimchalar davolovchi taʼsirga ega emas. Davolovchi taʼsirga ega boʻlgan mahsulotlar dori vositalari hisoblanadi.

Shu oʻrinda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan bu kabi vositalarini respublikamizda roʻyxatdan oʻtkazilmagani, tarkibi tekshirilganligi va xavfsizligi toʻgʻrisida xulosa berilmaganligini maʼlum qiladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati aholidan tarkibi nomaʼlum boʻlgan va mutaxassislar tomonidan salomatlik uchun xavfsizligi kafolatlanmagan turli mahsulotlarni oʻzboshimchalik bilan isteʼmol qilmaslikni soʻraydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер