Farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi boʻlgan onalarga doir Prezident farmoni qabul qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 185-sonli Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab, bir qator ishlar yoʻlga qoʻyiladi. Birinchidan, mehribonlik uylari va bolalar uylariga kam taʼminlangan oilalarning farzandlarini vaqtinchalik qabul qilish tartibi bekor qilinadi.
Ikkinchidan, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarga taʼlim olish, bandligini taʼminlash, davolanish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam koʻrsatiladi.
Uchinchidan, tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslariga yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka olish istagini bildirgan nomzodlar ham qamrab olinadi.
Toʻrtinchidan, bosqichma-bosqich Andijon viloyati, Toshkent shahri hamda Samarqand viloyatida kichik hajmli bolalar uyi tashkil etiladi.
Beshinchidan, “Mehr daftari” jamgʻarmalari tugatiladi.
Shuningdek, 2025-yil 1-fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi boʻlgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yoʻlga qoʻyiladi.
“Onalar maskani”da onalar va ularning bolalari (4 yoshga toʻlmagan) 1-yilgacha boʻlgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan taʼminlanadi. Shuningdek, ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi, onalik va kasbiy koʻnikmalar shakllantiriladi.
Bundan tashqari, onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini taʼminlashga koʻmaklashadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring