Fargʻonada Webster universiteti filiali tashkil etiladi
Foto: Botir Madiyorov / Xalq so'zi
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Amerika Qoʻshma Shtatlarining Webster universiteti prezidenti, doktor Djulian Shuster boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Taʼlim yoʻnalishida dunyo reytingida yuqori natijalarga erishib kelayotgan Webster xususiy notijorat universiteti 2019-2020 oʻquv yilidan Toshkent shahrida oʻz filialini ochgan. Universitet rahbariyati Fargʻonada ham yana bir filialni tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Webster asosan sanʼat, tasviriy va sahna sanʼati, pedagogika, biznes va menejmentni oʻz ichiga olgan turli fanlar boʻyicha bakalavr va magistrlik dasturlari boʻyicha oʻqitadi. Ayni paytda ushbu OTM dunyoning 62 ta shahrida oʻz faoliyatini olib boradi. Taʼlim muassasasining 200 ga yaqin oʻquv dasturlari bor.
Xayrullo Bozorov Margʻilon shahrida faoliyat boshlashi kutilayotgan Webster universiteti filialini kelgusida Fargʻona shahridagi 300 gektar maydonda 40 ming aholiga moʻljallab barpo etilayotgan ekoshaharga koʻchirish maqsadga muvofiq boʻlishini taʼkidladi. Bu taklif universitet prezidenti Djulian Shuster tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring