Fargʻonada “Taʼlim va kasb – kuz 2024” XXVI xalqaro koʻrgazmasi oʻtkazildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida “Taʼlim va kasb – kuz 2024” XXVI xalqaro koʻrgazmasi koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazildi.
Xalqaro koʻrgazmada xorijdan kelgan 20 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari mutasaddilari talabalar, texnikum, kollej va kasb-hunar maktabi hamda umumiy oʻrta taʼlim maktabi bitiruvchilari uchun oʻz koʻrgazmalarini namoyish etishdi.


— Yevropa, Osiyo qitʼasining bir qator nufuzli universitetlari koʻrgazmasi eʼtiborimizni tortib, oliy oʻquv yurtlari vakillari bilan bu yerda yaratilgan sharoitlar, oʻziga xos afzalliklar xususida suhbatlashdik,—deydi Fargʻona shahridagi 14-umumiy oʻrta taʼli maktabining 11-sinf oʻquvchisi Madina Ahmedova.—Mutasaddilar xorijlik talabalar uchun mavjud qulayliklar, u yerda taʼlim olayotgan oʻzbekistonlik talabalar haqida toʻliq maʼlumot berishdi.



Albatta, bugungi kunda mamlakatimiz yoshlari uchun dunyoning nufuzli oliy taʼlim dargohlarida oʻqish uchun imkoniyatlar yetarli. Bugun sinfdoshlar bilan qiziqishlarimizga mos oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlari bilan tanishib, kelajagimiz uchun aniq reja-maqsadlarni belgilab oldik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring