Fargʻonada tadbirkorning uyali aloqa vositalarini talon-toroj qilgan shaxs fosh qilindi
Bagʻdod tumanida tadbirkorning uyali aloqa vositalarini oʻzlashtirgan menejer fosh qilindi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bagʻdod tumani boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, fuqaro B.A. “T.” MCHJning tumanida savdo shoxobchasi menejeri vazifasida ishlab kelib, oʻziga ishonib topshirilgan umumiy bahosi 170 million soʻmlik 6 turdagi 13 dona smartfon uyali aloqa vositalarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-taroj qilgani maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring