Farg‘onada sudya ayol zo‘ravonlikka uchradi
Voqea 2021 yilning 13 aprel kuni - sudya xizmat vazifasini bajarayotgan paytda sodir bo‘ldi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi ma’lum qildi.
Shu kuni Farg‘ona tumani, Ilg‘or MFY Saxovat ko‘chasidagi nizoli xonadonga ekspert bilan borib, holatni joyida o‘rganayotgan sudyaga fuqarolik ishiga aloqador bo‘lmagan M.N. jismoiy kuch ishlatib, qo‘lidagi shaxsiy mobil telefonini tortib oladi va yerga urib qasddan sindiradi. Shuningdek jamoat joyida qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan haqoratlaydi.
Fuqaro M. N.ning bunday g‘ariqonuniy va g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlari nizoli ish bo‘yicha tayinlangan ekspertiza o‘tkazilmay qolishiga olib keladi.
Mazkur holat bo‘yicha Sudyalar oliy kengashi vakolati doirasida kerakli choralarni ko‘rdi. Voqelik huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘rganilmoqda.
Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring