Fargʻonada “Moskvich” kanalga tushib ketdi (+video)

17:29 12 Aprel 2025 Jamiyat
529 0

Bugun, 12-aprel kuni Fargʻona viloyati Yozyovon tumani hududidan oqib oʻtuvchi kanalga “Moskvich” rusumli avtomobil haydovchining boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida tushib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati FVBga “112” qisqa raqami orqali amaliy yordam kerakligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.

Murojaatga asosan, hududiy Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va ularning tezkor harakatlari natijasida avtotransport vositasi suvdan chiqarib olingan.

Maʼlumotlarga koʻra, “Moskvich” avtomobili ichida faqatgina haydovchining oʻzi boʻlgan. Ushbu holat oqibatida fuqarolarning tan-jarohati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер