Fargʻonada Kuvayt kompaniyasi Markaziy laboratoriya va diagnostika markazini quradi
Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida joriy yilning 27-28-aprel kunlari Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiyaning Kuvaytga amaliy tashrifi tashkil etildi.
Tashrif davomida Oʻzbekiston delegatsiyasi Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi, IICO xalqaro xayriya tashkiloti, “Gulf Care General Trade Co.” va “Marafie Group” kompaniyalari hamda “Kuwait Airways” aviakompaniyasi rahbariyati bilan muzokara oʻtkazdi.
Uchrashuvlar chogʻida savdo-iqtisodiy, tibbiyot va aviatsiya kabi sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, Fargʻona viloyatida amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida Fargʻona viloyati hokimligi va “Gulf Care General Trade Co.” kompaniyasi oʻrtasida Fargʻona shahrida “Markaziy laboratoriya va diagnostika markazini barpo etish” boʻyicha loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida memorandum imzolandi.
“Kuwait Airways” aviakompaniyasining Oʻzbekistonga muntazam reyslarini yoʻlga qoʻyish istiqbollari muhokama qilindi.
IICO xalqaro xayriya tashkiloti rahbariyati bilan kechgan muloqot chogʻida mazkur tashkilot moliyaviy imkoniyatlaridan foydalangan holda grant loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisida fikr almashildi.
Boʻlib oʻtgan uchrashuvlar nihoyasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalarining muhokamasini davom ettirish maqsadida Kuvayt biznes doira vakillarini Fargʻona viloyatiga missiyasini tashkil etish taklifi bildirildi.
Kuvayt tomoni taʼkidiga koʻra, Fargʻona viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning ushbu davlatga tashrifi ikki tomonlama konstruktiv muloqot va oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga boʻlgan kuchli intilish bilan ajralib turdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring