Fargʻonada Xitoy korporatsiyasi koʻmagida kanalizatsiya tizimlari modernizatsiya qilinadi

16:17 22 Aprel 2022 Jamiyat
547 0

Foto: Халқ сўзи

Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi Iqboljon Ergashev Xitoy xoʻjalik qurilish va muhandislik korporatsiyasining Oʻzbekistondagi bosh vakili Van Ini qabul qildi.

Uchrashuvda Fargʻona viloyatining 14 ta tumani va Quvasoy shahri kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Yuzma-yuz muloqotda tegishli vazirlik va idoralarni jalb qilgan holda Xitoy korporatsiyasi tomonidan dastlabki hisob-kitoblarni va iqtisodiy texnologik asoslarni ishlab chiqish, loyiha har ikki tomonga ham manfaatli boʻlsa, shartnomani imzolash, Xitoy moliyaviy institutlari koʻmagida loyihani moliyalashtirish, qurilish ishlarida mahalliy kompaniyalar ishtirokini taʼminlash masalalari kelishib olindi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер