Fargʻonada giyohvandlik vositalari savdosi toʻxtatib qolindi (+video)
Fargʻonada giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar oʻtkazildi, deb xabar bermoqda “Xavfsizlik” Telegram-kanali.
Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Bojxona organlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Margʻilon shahrida yashovchi, 1996-yilda tugʻilgan fuqaroning “Matiz” rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda tekshirilganda avtomashina salonida 866 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25 orqali 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu kabi yana bir holatda esa, Fargʻona va Andijon shaharlarida yashovchi fuqarolarga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotish bilan shugʻullanib kelayotgan shaxslar toʻgʻrisida tezkor maʼlumotlar olinib, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Fargʻona shahrida ularni qoʻlga olish tadbiri oʻtkazilgan.
Jumladan, Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumanida yashovchi 2 nafar narkosavdogar Qirgʻiz Respublikasidan kontrabanda qilingan 4 ming 508 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini xaridorga 12 ming 800 AQSH dollariga sotgan vaqtida qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28 orqali 246-moddasi 1-qismi va 251 prim 1 moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring