Fargʻonada “Eko-Save Aral-2025 va inson uchun” xalqaro xayriya musobaqasi boʻlib oʻtdi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona shahridagi “Istiqlol” stadionida “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” doirasida belgilangan chora-tadbirlar rejasiga koʻra, “Eko-Save Aral-2025 va inson uchun” shiori ostida xalqaro xayriya va ekologik ommaviy yugurish musobaqasi oʻtkazildi.
Tantanali tadbirni Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Sherzod Polvonov ochib, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.

Taʼkidlab oʻtilganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzi, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Ezgu tashabbuslar ijobati yoʻlida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan bu kabi sport musobaqalari esa hamyurtlarimiz, xususan, yangi avlod vakillari oʻrtasida sogʻlom va farovon turmush tarzini targʻib etishda muhim ahamiyatga ega.
Aytish joiz, ommaviy yugurish marafonida 15 ming nafar hamyurtlarimiz jam boʻlib, ularning 12,5 ming nafari bevosita musobaqalarda ishtirok etdi. Shuningdek, xayriya marafonida 270 nafar nogironligi bor shaxslar ham qatnashgani ushbu tadbirning qamrov darajasi yildan yilga oshib borayotganidan dalolat beradi.

Musobaqa ishtirokchilari toʻrt guruhga ajratilib, maktab oʻquvchilari, talabalar, huquq-tartibot, mudofaa sohasi hamda korxona-tashkilotlar vakillari, nogironligi bor shaxslar oʻz yoʻnalishida gʻoliblik uchun bahs olib borishdi. Shu tarzda gʻolib va sovrindorlar aniqlanib, munosib ragʻbatlantirildi.
— Bugungi musobaqada professor-oʻqituvchilar, talabalar faol ishtirok etib, sogʻlom turmush tarzini targʻib etishda barchaga ibrat va namuna boʻlishdi, — deydi Fargʻona davlat universiteti prorektori Zokirjon Rahimov. — Albatta, jismoniy faollik insonning aqliy salohiyati yuksalishiga xizmat qilishi hech kimga sir emas. Bunday tadbirlarning muntazam ravishda oʻtkazib turilishi ana shu kabi ijobiy jihatlari tufayli ham gʻoyatda ahamiyatlidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring