Fargʻonada dunyoning taniqli oshpazlari ishtirokida “Fargʻona gastronomik festivali” oʻtkaziladi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyadagi “World Tourism Forum Institute” xalqaro turizm tashkiloti rahbari Bulut Bagʻji hamda turizm sohasida faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkor Muattar Ergenni qabul qildi.
Yuzma-yuz uchrashuvda Fargʻona viloyatida turizmni yanada rivojlantirish, bu borada viloyat imidjini xalqaro miqyosda tanitish va shu orqali turizm infratuzilmasi sohasiga xorijiy sarmoyadorlarni jalb etish istiqbollari koʻrib chiqildi.
— Muloqotda joriy yilning kuz faslida Fargʻonada dunyoning taniqli oshpazlari hamda gastronomik sohaga ixtisoslashgan bloger-inflyuenserlarni jalb etgan holda “Fargʻona gastronomik festivali” oʻtkazishga kelishib olindi, — deydi viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Dilmurod Jumaboyev.
Shuningdek, oʻzaro kelishuvga koʻra joriy yilning sentyabr oyida xalqaro turizm hamda servis kompaniyalari, aviakompaniyalar rahbarlari ishtirokida Master–klass mashgʻulotlari tashkil etiladi.
Oʻz navbatida uchrashuvda Fargʻona viloyatiga xalqaro mehmonxona brendlarini jalb etish, turizm sohasida turkiyalik va qatarlik investorlar bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring