Fargʻonada 9-sinf oʻquvchisi profilaktika inspektorini pichoqladi

11:17 19 Fevral 2026 Jamiyat
257 0

Illyustrativ foto

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida 9-sinf oʻquvchisi profilaktika inspektorini pichoqladi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Maʼlum qilinishcha, kecha, 18-fevral kuni Qoʻqon shahar 1-son IIB “Sadoqat” MFY profilaktika inspektori oʻzi xizmat olib boradigan mahalladagi xonadonlardan birida yashovchi fuqaro M.R.ning (gumondorning buvisi) chaqiruvi asosida uning uyiga borgan.

Shu vaqtda 16 yoshli Oʻ.Oʻ. xizmat vazifasini bajarayotgan profilaktika inspektori bilan yashash xonadonining oshxonasida oʻzaro janjallashib qolgan. Janjal vaqtida voyaga yetmagan fuqaro IIO xodimining koʻkrak qafasi orqa chap tomoniga oshxona pichogʻi bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Inspektor ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan J.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, u Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan Qoʻqon shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер