Fargʻonada 6,1 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagan “dom” fosh qilindi

12:57 07 Fevral 2026 Jamiyat
433 0

Fargʻona shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan koʻp qavatli uy aniqlandi. Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi va gaz taʼminoti korxonasi hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan.

Nazorat tadbiri davomida Fargʻona shahrida joylashgan “B.H.B.” MCHJga qarashli koʻp qavatli uy loyiha hujjatlarisiz tarmoqqa toʻgʻridan toʻgʻri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi fosh qilingan.

Mazkur qonunbuzilish holati oqibatida, gaz taʼminoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, 6 milliard 107 million soʻmlik zarar yetkazilgani aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?