Fargʻonada 1,3 mlrd soʻmlik psixotrop moddalar savdosi toʻxtatib qolindi
Fargʻona viloyatiga 1,3 mlrd soʻmlik kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini olib kirgan shaxs ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining savdosi bilan shugʻullanib kelgan, muqaddam JKning 276-moddasi bilan sudlangan fuqaro A.Sh. “Xoʻja Ilgʻor” MFY hududidagi bojxona postida umumiy bahosi 1,3 mlrd soʻmlik 9 ming 542 dona tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari mavjud boʻlgan “Zardeks” nomli dori vositasini Qirgʻiz Respublikasidan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirgan vaqtida ushlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 223-moddasi (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish), 246-moddasi (kontrabanda) va 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring