Fargʻona gilos eksportini yoʻlga qoʻydi

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimizda birinchilardan boʻlib Quva va Oʻzbekiston tumanida sharbatga toʻlib pishgan gilos jahon bozorlari, dunyoning eng yirik savdo tarmoqlariga eksport qilishga kirishildi.
— Ayni paytda Fargʻona viloyatida 49 ming gektar mevali bogʻlar mavjud, — deydi Quva tumanidagi “Turk” MFY raisi Zafarjon Sherboʻtayev. — Yangi bogʻlarning salmoqli qismiga gilos, shaftoli, oʻrik, olxoʻri, olma koʻchatlari ekilgan boʻlib, bu viloyatda meva eksporti salmogʻini yanada oshirish imkonini bermoqda. Xususan, oʻtgan yili viloyatda 15 ming tonna gilos eksport qilindi. Mirishkor bogʻbonlar tomonidan Turkiyadan jahon bozorida xaridorgir, eksportbop yangi navlar olib kelinib, mahalliy iqlim sharoitida moʻl hosil olinmoqda. Mahallada 1 ming 100 tonna sigʻimga ega 3 ta muzlatgichli omborxona tashkil etilgan. Bu gilos mevasini sifatli saqlash va xorij bozorlariga yetkazib berishda muhim ahamiyatga ega.
Shu tariqa hududdagi gilos bogʻlarida yiliga 1000 tonnaga yaqin gilos hosili yigʻib olinib, eksportga joʻnatiladi. Aytish joiz, 1015 ta xonadonda 5 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiluvchi “Turk” MFY ishsizlik va kambagʻallikdan xoli hudud sifatida eʼtirof etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring