Fargʻona davlat universiteti QS Stars reytingida 4 yulduzli darajani qoʻlga kiritdi
Bugungi kunda oliy taʼlim muassasalarining nufuzini belgilovchi muhim koʻrsatkichlardan biri — xalqaro reytinglarda munosib oʻrin egallashdir. Shu nuqtayi nazardan, Fargʻona davlat universitetining (FarDU) QS Stars xalqaro reytingida umumiy 4 yulduz — “Rated for Excellence” darajasini qoʻlga kiritgani mamlakatimiz oliy taʼlimi uchun muhim yutuq boʻldi.
QS Stars — dunyoning eng nufuzli taʼlim baholash tizimlaridan biri boʻlib, universitetlarni 50 dan ortiq mezonlar asosida baholaydi. Reyting taʼlim sifati, infratuzilma, boshqaruv, bitiruvchilarning bandligi, xalqaro aloqalar va ijtimoiy taʼsir kabi yoʻnalishlarni qamrab oladi.
FarDU mazkur baholashda taʼlim sifati, infratuzilma, boshqaruv tizimi va bitiruvchilarning bandligi yoʻnalishlari boʻyicha eng yuqori — 5 yulduzli natijani qayd etdi.
Eng yuqori koʻrsatkichlar:
Taʼlim sifati — 5 yulduz. Oʻquv dasturlari xalqaro talablarga moslashtirilgan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar joriy etilgan.
Infratuzilma — 5 yulduz. Zamonaviy oʻquv binolari, raqamli kutubxona, ilmiy laboratoriyalar, IT infratuzilma va sport majmualari talabalarga qulay sharoit yaratmoqda.
Boshqaruv — 5 yulduz. Universitet boshqaruvida ochiqlik, strategik rejalashtirish va samarali ichki nazorat tamoyillari yoʻlga qoʻyilgan.
Bitiruvchilarning bandligi — 5 yulduz. FarDU bitiruvchilari mehnat bozorida talabgirligi bilan ajralib turadi.
Shuningdek, universitet ijtimoiy taʼsir, sanʼat va madaniyat, inklyuzivlik va xilma-xillik yoʻnalishlarida 3 yulduz koʻrsatkichini egalladi. Bu natija universitetning jamiyat hayotidagi faolligini namoyon etish bilan birga, mazkur yoʻnalishlarda yanada rivojlanish imkoniyati mavjudligini koʻrsatadi.
FarDU kelgusida sanʼat va madaniyat boʻyicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish, inklyuziv taʼlimni rivojlantirish hamda xorijiy talabalar sonini oshirishga qaratilgan loyihalarni kuchaytirishni rejalashtirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring