Faqat ikkita jins mavjud boʻladi: erkak va ayol – Tramp
AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp prezidentligining ilk kunidanoq transgenderni toʻxtatishga vaʼda berdi. Tramp uning maʼmuriyati faqat erkak va ayol jinsi boʻlgan gender siyosatiga amal qilishini taʼkidlagan Arizona shahrida boʻlib oʻtgan “America Fest” anjumanida. Bu haqida “Yahoo News” nashri xabar bermoqda.
“Tramp maʼmuriyati davrida Qoʻshma Shtatlar hukumatining rasmiy siyosati shundan iboratki, faqat ikkita jins mavjud boʻladi: erkak va ayol. Bu juda murakkab koʻrinmaydi va uddalab boʻlmas ish emas, toʻgʻrimi?” — deydi siyosatchi.
Tramp, shuningdek, erkaklarni ayollar sportidan chetlatishga vaʼda berdi va faqat ikkita jins, erkak va ayol jinslari mavjudligini, bu qadam AQSH hukumatining rasmiy siyosati boʻlishini qatʼiy taʼkidlagan.
Konservatorlar uchun tashkil etilgan tadbirda nutq soʻzlagan Tramp, bolalarning jinsiy zoʻravonlik qurboniga aylanayotgani haqida ham toʻxtalib oʻtdi. Siyosatchi bu borada ham keskin choralar koʻrilishini maʼlum qildi.
“Transgenderlarni harbiy xizmatdan, boshlangʻich maktablarimiz, oʻrta maktab va litseylarimizdan olib tashlash boʻyicha qarorlar imzolayman”, — deydi Tramp.
Biznesmen Vivek Ramasvami bilan birgalikda Tramp maʼmuriyatida hukumat samaradorligini oshirish va byurokratiyaga qarshi kurashish boʻyicha yangi boʻlimni boshqaradigan milliarder Ilon Mask ham demokrat Jo Baydenning amaldagi maʼmuriyatining gender siyosatini tanqid qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring