FAO va Pandemiyalarga qarshi kurash jamgʻarmasi Oʻzbekistonga zoonoz tahdidlarga javob qaytarishda koʻmaklashmoqda
Foto: «Xalq soʻzi»
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mamlakatning barcha hududlarida tuman epizootologlari uchun ixtisoslashtirilgan treninglar sikllarini oʻtkazmoqda. Oʻquv jarayoni “Markaziy Osiyoda “Yagona salomatlik” yondashuvi orqali pandemiyalarga tayyorgarlik koʻrish va va javob choralari” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Treninglar doirasida asosiy eʼtibor zoonoz kasalliklar oʻchoqlarini aniqlash va ularga javob qaytarish salohiyatini tizimli ravishda mustahkamlashga qaratilgan “7-1-7” epidemiologik kuzatuv vositasini oʻzlashtirishga qaratilgan. “7-1-7” metodologiyasi quyidagilarni nazarda tutadi:
• kasallik holatini 7 kun ichida aniqlash,
• 1 kun ichida xabar berish,
• keyingi 7 kun ichida javob choralarini boshlash.
Ushbu dastur doirasida mamlakat boʻylab 300 dan ortiq tuman epizootologlarini oʻqitish rejalashtirilgan. Bugungi kungacha 250 dan ziyod mutaxassis treningdan oʻtib, zoonoz tahdidlariga samarali javob berish uchun “7-1-7” vositasini qoʻllash boʻyicha amaliy koʻnikmalar va bilimlarga ega boʻldi.
Brutsellyoz, quturish va oqsil kasalliklari kabi kasalliklarni kuzatish va nazorat qilish samaradorligini oshirish nafaqat sanitariya va oziq-ovqat xavfsizligi nuqtayi nazaridan, balki milliy iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatga ham egadir. Epidemiologik kuzatuvning ishonchli tizimi chorvachilik sohasiga investitsiyalarni jalb etishga, mahalliy mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirishga va yangi xalqaro bozorlarga chiqishga koʻmaklashadi. Veterinariya nazoratini kuchaytirish xalqaro standartlarga mos raqobatbardosh va barqaror tarmoqni shakllantiradi.
Bundan tashqari, epidemiologik kuzatuv faoliyatlarini amalga oshirish va ilgʻor metodikani joriy etish Oʻzbekistonning Jahon hayvonot sogʻligʻi tashkiloti mezonlariga muvofiq ayrim xavfli kasalliklardan holi mamlakat maqomini olishi uchun zamin yaratadi. Bunday maqom savdo hamkorlari ishonchini oshiradi va tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Treningning asosiy maqsadlari:
• Zoonoz kasalliklar oʻchoqlarini barvaqt aniqlash va javob berish tizimini mustahkamlash;
• Veterinariya va sanitariya-epidemiologiya xizmatlari oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish;
• “7-1-7” vositasini amaliy qoʻllash boʻyicha oʻqitish.
Ushbu tashabbus Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash va qishloq xoʻjaligi sohalari barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan keng qamrovli strategiyaning bir qismi boʻlib, unda insonlar, hayvonlar va atrof-muhit salomatligi bir butun va oʻzaro bogʻliq boʻlgan — “Yagona salomatlik” konsepsiyasi ilgari suriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring