Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.
Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning Gaza Humanitarian Foundation tashkiloti xodimlari amalga oshirmoqda. Tarqatish jarayoni Isroil armiyasi va amerikalik xavfsizlik firmalari tomonidan qoʻriqlanmoqda. BMT bu jarayonda ishtirok etmayapti — Isroil tashkilotni HAMAS bilan hamkorlikda ayblagan.
HAMAS ushbu holatga javoban fuqarolarni yordam markazlarini boykot qilishga chaqirdi. “Xalqimiz ochlikdan omon qoladi, bosqinchidan yordam soʻramaydi”, — deyiladi guruh bayonotida. Shunga qaramay, falastinliklar oziq-ovqat olish uchun tarqatish punktlarida tunda ham navbatda turishmoqda. Videolarda ayrimlar AQSH prezidenti Donald Trampga minnatdorlik bildirgani ham kuzatilgan.
Mutaxassislar fikricha, gumanitar yordam ustidan nazoratni yoʻqotishi HAMAS uchun jiddiy siyosiy va moliyaviy yoʻqotishdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring