Faxriylar oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyini yakunlandi

21:52 14 Avgust 2025 Jamiyat
216 0

Bugun Toshkentdagi “JAR” stadionida “Paxtakor-79” xotirasiga bagʻishlangan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazildi.

Unda Rossiya va Oʻzbekiston futboli afsonalaridan iborat jamoalar oʻzaro kuch sinashdi. Mazkur bahsda jamoalar quyidagi tarkibda maydonda harakat qildilar:

Oʻzbekiston — Ignatiy Nesterov, Maʼmur Ikromov, Gʻulom Xalimtoyev, Anvar Gʻofurov, Bekzod Mamatqulov, Baxtiyor Ashurmatov, Sherzod Sharipov, Timur Kapadze, Ravshan Ermatov, Hikmat Hoshimov, Shavkat Nasibullayev, Pavel Solomin, Kamoliddin Murzoyev, Odil Isaboyev, Marjalol Qosimov, Azamat Abduraimov, Server Jeparov, Odil Ahmedov.

Rossiya — Rinat Dasayev, Sergey Kiryakov, Aleksandr Cherkes, Dmitriy Alenichev, Yegor Titov, Valeriy Shmarov, Vitaliy Buliga, Andrey Murnin, Roman Voydel, Sergey Zaxarov, Sergey Xripunkov, Devichenko, Degtev, Andrey Kolesnikov.

Uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlandi. Oʻzbek futboli afsonalaridan gollarga Timur Kapadze va Ravshan Ermatov mualliflik qildi. Rossiya faxriylari tomonidan kiritilgan javob goʻllari esa Vitaliy Buliga va Sergey Kiryakov hisobiga yozildi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер