Fabio Kannavaro: “Oʻzbekiston — oxirigacha kurashadigan jamoa“
Foto: OʻFA
Xabaringiz bor, joriy yilning 5-dekabr kuni futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlandi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning qurʼadan keyingi dastlabki fikrlarini eʼlon qildi.
“Biz tariximizda ilk bor Jahon chempionatiga yoʻl oldik. Bu – futbolchilarimiz uchun katta tajriba boʻladi. Bosh murabbiy sifatida men oʻz vazifamni masʼuliyat bilan bajarishim kerak. Eng muhimi – jamoa mundial jarayonidan zavq olishi.
Guruhimizda FIFA reytingining TOP-20 ligaga kirgan ikki kuchli raqib bor. Shu bois har bir oʻyin juda muhim, uchala bahs ham katta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi paytda men yoshlar bilan juda yaxshi ishlaydigan, potensiali yuqori boʻlgan jamoaga egaman. Oʻzbekiston — oxirigacha kurashadigan jamoa. Bu oʻzbek xalqining eng muhim fazilati”, degan “oq boʻrilar” ustozi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatining K guruhidan oʻrin oldi. Ushbu guruhda “oq boʻrilar”dan tashqari Portugaliya, Kolumbiya va FIFA saralash gʻolibi (Kongo DR/Yamayka/Yangi Kaledoniya) kabi jamoalar bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring