Yevropa Rossiya tufayli AQSHga ishonchini yoʻqotdi — “Politico”

15:21 15 Dekabr 2025 Dunyo
329 0

Illyustrativ foto

Yevropa mamlakatlari AQSH prezidenti Donald Trampning Rossiya bilan yaqinlashishga urinishlari tufayli AQSH bilan razvedka maʼlumotlarini almashishdan qoʻrqmoqda. Bu haqda “Politico” nashri oʻz manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Nashrning xabar berishicha, ismi oshkor qilinmagan Polsha hukumati amaldori avvalroq Moldova xavfsizlik forumidagi nutqi vaqtida, hozirgi AQSH maʼmuriyati bilan razvedka maʼlumotlarini almashish borasida chuqur xavotir bildirgan.

“U Varshavadagi elchixonaga katta hurmat bilan qarasa-da, Vashingtondagi baʼzi rahbarlarga ishonchsizlik va eng yomon holatda ham razvedka maʼlumotlari Rossiyaga sizib chiqishi mumkinligidan xavotirda ekanligini taʼkidladi”, — deyiladi nashrda.

Avvalroq, tahlilchi Kristian Melling AQSH Yevropa va Ukrainaga nisbatan ishonchsiz sherik sifatida harakat qila boshlaganini va ularga bosim oʻtkazishga urinayotganini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?