Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 19-paketini qachon taqdim etishi maʼlum bo‘ldi

Illyustrativ foto
Yevropa Ittifoqi 19 yoki 22 sentyabr kuni Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 19-paketini taqdim etadi. Bu haqda “Politico” nashri diplomatlarga tayanib xabar tarqatdi.
«Chorshanba kuni Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi elchilariga sanksiyalar paketini juma yoki dushanba kuni kutishlari kerakligini aytdi», — deyiladi nashrda.
“Reuters” avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 19-paketi loyihasini 17 centyabr, chorshanba kuni taqdim etishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.
Rossiya muntazam G‘arbning sanksiya bosimiga dosh berishini taʼkidlab keladi. Moskva G‘arbda Rossiyaga qarshi sanksiyalar muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tan olishga jasorat yetishmayotganini qayd etadi. G‘arb davlatlarining o‘zi ham bir necha bor Rossiyaga qarshi sanksiyalar samarasiz, degan fikrni bildirgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati uzoq muddatli G‘arb strategiyasi ekanini, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini taʼkidlagandi. Uning aytishicha, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlarning hayotini yomonlashtirishdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring