Yevrokomissiya prezidentining tashabbusi Germaniya, Gollandiya va Shvetsiyada jiddiy norozilikka sabab boʻldi

15:43 23 Iyul 2025 Dunyo
132 0

Foto: Reuters

Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen 2028-2034-yillarga moʻljallangan Yevropa Ittifoqi byudjetini deyarli ikki barobarga, yaʼni 1,2 trilliondan 2 trillion yevrogacha oshirishni taklif qildi. U buni pandemiyadan keyingi qarzlarni qoplash, raqobatbardoshlikni oshirish uchun fond yaratish (451 milliard yevro) va Ukrainani qoʻllab-quvvatlashni davom ettirish (100 milliard yevro) zarurligi bilan izohladi. Shu oʻrinda u yangi soliqlar, jumladan, aylanmasi 100 million yevro boʻlgan kompaniyalar va tamaki mahsulotlari orqali qoʻshimcha mablagʻ olinishini taʼkidladi.

Biroq Lyayenning tashabbusi, ayniqsa, Germaniya, Gollandiya va Shvetsiyada jiddiy norozilikka sabab boʻldi.

“Agar Bryussel yangi pul soʻrasa, bir vaqtning oʻzida maʼmuriy xarajatlarni 118 milliardga oshirishning iloji yoʻq. Avval oʻzingizni tejang, keyin esa davlatlar va biznesdan milliardlab mablagʻ talab qiling”, — deydi germaniyalik deputat Tilman Kuban.

Yevropa soliq toʻlovchilar ittifoqi vakili Mixael Yeger ham Yevrokomissiya prezidentining bu tashabbusini tanqid qildi.

Bu tashabbusni faqat Germaniyaning “Yashillar” partiyasi aʼzosi Daniel Froynd qoʻllab-quvvatladi. Uning soʻzlariga koʻra, Yevropa Ittifoqi byudjetining moʻtadil oʻsishi inflyatsiyani tuzatishdan deyarli koʻp emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер