Eron boyitilgan uran zaxirasining deyarli barchasini saqlab qolgan
Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossining taʼkidlashicha, Eron boyitilgan uran zaxirasining deyarli barchasini saqlab qolgan. Uning soʻzlarini “Kommersant” keltirdi.
Grossining aytishicha, Isroil va AQSH tomonidan amalga oshirilgan hujumlarga qaramay, 60%gacha boyitilgan uranning deyarli barchasi hanuz Eronda saqlanmoqda.
“Zarar juda katta boʻldi, biroq baholarimizga koʻra, 60 foizgacha boyitilgan uranning katta qismi, agar hammasi boʻlmasa, shuningdek 20%, 5% va 2%gacha boyitilgan material hamon u yerda. Bu material oʻsha yerda qolmoqda va biz uni aniq bir yakuniy maqsad bilan bogʻlamagan boʻlsakda, mazkur darajada — qurolsozlik darajasiga yaqin boyitilgan materialning mavjudligi oʻziyoq jiddiy xavotir uygʻotadi”, — dedi u.
Qayd etilishicha, Eron hukumati hali-hanuz MAGATE inspektorlarini mamlakatning eng muhim yadroviy obyektlari — Fordo, Natanz va Isfahon majmualariga kiritmagan.
Eslatib oʻtamiz, iyun oyida Isroil Eronning yadroviy va mudofaa infratuzilmasiga qarshi harbiy operatsiya oʻtkazgan edi. AQSH ham operatsiyaga qoʻshilib, Fordo, Natanz va Isfahondagi obyektlarga zarbalar bergan.
AQSH rasmiylari oʻshanda Eron yadroviy dasturi “butunlay ishdan chiqqani”, boyitilgan uran esa Eron ilmiy markazlarining vayronalari ostida qolib ketgani haqida bayonot bergan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring