Eron AQSH va Isroilni HAMAS yetakchisi oʻlimi uchun oʻch olish muqarrarligi haqida ogohlantirdi

13:11 19 Sentyabr 2024 Dunyo
401 0

Foto: AP

Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Honiyaning oʻldirilganiga vaqt oʻtgan boʻlsada Eronning AQSH va Isroildan qasos olishiga toʻsqinlik qilmasligini bildirdi. Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi bayonoti matni “Tasnim” agentligi tomonidan taqdim etilgan.

“Biz jinoyatchi AQSHni va uning mintaqadagi soxta qoʻgʻirchoq rejimini (Isroilni nazarda tutadi) ogohlantiramiz: xuddi biz «Haqiqiy vaʼda”ni (operatsiya nomi) bajarganimizdek, vaqt oʻtishi ham Eronning niyatiga toʻsqinlik qilmaydi. Eron Ismoil Honiyaning qoʻrqoqlarcha oʻldirilishi oqibatida toʻkilgan qon uchun qasos olishga majburdir», — deyiladi Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi bayonotida.

Shu yilning iyul oyi oxirida Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Honiya Eronning yangi prezidenti inauguratsiyasi marosimida ishtirok etish uchun Tehronga kelganida u joylashgan qarorgohga uyushtirilgan hujum oqibatida halok boʻlgan edi. Harakat Honiyaning oʻlimida Isroil va AQSHni aybladi va hujum javobsiz qolmasligini bildirdi.

Isroil rasmiylari Honiyaning oʻldirilishi boʻyicha hech qanday izoh bermadi. Keyinroq AQSHning BMTdagi doimiy vakili oʻrinbosari Robert Vudning HAMAS yetakchisining oʻlimiga AQSHning aloqasi yoʻqligini aytdi.

Shu yilning 31-iyul kuni kechqurun Amerikaning “New York Times” gazetasi oʻz manbalarga tayanib, Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy Tehronda Honiyaning oʻldirilishiga javoban Isroilga toʻgʻridan-toʻgʻri zarba berishga buyruq berganini daʼvo qildi.

Keyinroq Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Irvani BMT Xavfsizlik Kengashi yigʻilishida Tehron xalqaro qonunlarga rioya qilgan holda, zarur deb hisoblaganda Honiyaning oʻldirilishiga javob qaytarish uchun oʻzini himoya qilish huquqini saqlab qolishini aytdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер