Yerni noqonuniy 160 ming dollarga sotmoqchi boʻlgan FVB boshligʻi qoʻlga olindi
Namangan viloyati Pop tumani FVB boshligʻi 160 ming AQSH dollari, Samarqand viloyati IIB katta tezkor xodimi esa 10 ming dollar noqonuniy pul mablagʻlarini olgan vaqtida qoʻlga olindi.
Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi oʻzining 5 nafar oila-aʼzolariga mazkur tuman hokimining 2021-yil fevral oyidagi qarori bilan limon yetishtirish uchun issiqxona tashkil etish maqsadida ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini oʻzining mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish hamda u yerda kottej tipidagi uy-joylar qurishi uchun ruxsat olib berish evaziga 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshqa bir holatda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Jinoyat qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor xodimining noqonuniy xatti-harakatiga chek qoʻyildi.
Tezkor xodim oʻzining mansabdor tanishlari orqali, Samarqand shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov boʻlimi ish yurituvida boʻlgan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 3-qismi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishida ayblanuvchilar sifatida oʻtayotgan 1994-y.t. shaxsga tegishli qismini Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan tugatish hamda 2003-y.t. fuqaroga nisbatan esa “uy qamogʻi” ehtiyot chorasini qoʻllagan holda, uni ozodlikda qoldirish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirildi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring