Yerda planetar miqyosdagi magnit boʻronlari boshlandi
Yerda kuchli, planetar miqyosdagi magnit boʻronlari boshlandi. Bu haqda Rossiya Fanlar Akademiyasi Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, hozirgi geomagnit indeksi Kp G2–G3 oraligʻida boʻlib, bu oʻrta va kuchli magnit boʻronlariga toʻgʻri keladi. Olimlarning fikriga koʻra, bu hodisa Quyoshda ikki-uch kun oldin yuz bergan kuchli portlashlar natijasida Yerga yoʻnalgan plazma toʻlqinlari bilan bogʻliq.
Dastlab portlashlar Yerga taʼsir qilmaydi deb hisoblangan, ammo amalda plazma toʻlqinlari sayyoraga qarab yoyilgan va tarqalish burchaklari oldingi hisob-kitoblarga nisbatan kattaroq, tezligi esa ancha yuqori.

Taxmin qilinishicha, magnit boʻronlari taxminan bir kun davom etadi, biroq ertaga toʻxtamaydi, balki asosiy fazaga oʻtadi. Bu fazada Yerga plazmaning asosiy massasi yetib keladi va yanada kuchli geomagnit jarayonlari boshlanadi.
Maʼlumot uchun, magnit boʻronlari besh ballik tizim boʻyicha baholanadi. G1 darajasi eng zaif boʻlib, u elektr uskuna va texnikaga deyarli taʼsir qilmaydi. G3 darajasi esa kuchli boʻlib, u energiya tizimlariga taʼsir qiladi va sunʼiy yoʻldosh navigatsiyasida uzilishlar yuz berishiga olib kelishi mumkin. Eng yuqori daraja — G5, bu holda elektr tarmoqlarida jiddiy muammolar va sunʼiy yoʻldoshlar ishlashida katta nosozliklar roʻy berishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring