Yer sohasidagi korrupsion omillarning oldini olish choralari kuchaytiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Joriy yilning 18-sentyabr kuni Prezidentning “Yerga oid munosabatlarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 287-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Kadastr agentligining “Ye-YER NAZORAT” tizimi davlat yer nazoratini yuritishning yagona elektron platformasi hisoblanadi.
2026-yil 1-yanvardan maxsus vakolatli davlat organlarining yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, jumladan, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash, ularga tegishli choralar koʻrishga oid vazifalari faqatgina “Ye-YER NAZORAT” tizimi orqali amalga oshiriladi.
Yerga oid huquqbuzarlik darajasiga koʻra hududlarni quyidagicha toifalarga boʻlish belgilandi:
• “qizil” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash ehtimoli yuqori hududlar;
• “sariq” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash ehtimoli oʻrta hududlar;
• “yashil” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash ehtimoli past hududlar.
Bunda “qizil” toifadagi hududlarda maxsus dronlardan foydalangan holda har chorakda kamida 1 marotaba, “sariq” toifadagi hududlarda maxsus samolyot yordamida har 6 oyda kamida 1 marotaba monitoring kuzatuvlari olib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring