Endilikda Oʻzbekistonda tugʻilgan fuqaroligi boʻlmaganlarga fuqarolik olish uchun uzluksiz 5 yil yashash talab etilmaydi
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga “identifikatsiyalovchi ID-kartasi” tushunchasi kiritildi.
Oʻzgartirishga koʻra, 2005-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekistonda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida boʻlmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, Oʻzbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Shuningdek, ota-onasidan biri (yolgʻiz otasi yoki onasi) Oʻzbekiston fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va Oʻzbekistonda yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, Oʻzbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Qonunga koʻra, endilikda Oʻzbekiston fuqarosi deb tan olish uchun faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkin.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston hududida tugʻilgan va yashab kelayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston fuqaroligini olish maqsadida iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar 5 yil davomida (fuqaroligi boʻlmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan eʼtiboran) uzluksiz yashash sharti bekor qilinishi belgilandi.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring